26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,4 °C

Mamlakatimizda
16 Yanvar  2020 1601

Imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun qulaylik

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sifatini yaxshilash va hayotning turli sohalarida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol choralar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «UzAuto Motors» kompaniyasi mahsulotlarining ma'lum qismini imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jixozlashni boshladi.

«O‘zstandart» agentligining barcha talablariga javob beradigan bunday turdagi qurilmalar xaridorning buyurtmasiga asosan «Cobalt», «Gentra» hamda «Spark» rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, tayanch-harakat a'zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyoda bir milliardga yaqin imkoniyati cheklangan insonlar bor, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ular qariyb 600 ming kishini tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech