16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Mamlakatimizda
25 Iyun  2019 459

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 758 nomdagi adabiyotlar olib kelinadi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi (519-son, 24.06.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019-yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga 758 nomdagi jami 2512 ta adabiyot olib kelinadi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondiga xorijiy adabiyotlarni olib kelish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur adabiyotlarni olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Hukumat huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash direksiyasi tomonidan qoplanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech