28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Ijtimoiy hayot
21 Fevral  2020 1993

Qurbon bo‘lganlarning oilasi e’tiborda

Ma’lumki, yaqinda Yunosoboddagi metro qurilishi maydonida sodir bo‘lgan voqyea bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yo‘llarning Samarqand distansiyasi ustasi   Karimov Zarif To‘lqinovich ham ushbu fojea qurboni bo‘lgan. Hukumat komisisyaisi boquvchisini yo‘qotgan oilaga yordam sifatida 281 million 670 ming 972 so‘m bir marta to‘lanadigan mablag‘ tayinlagan. Ushbu mablag‘ qurbon bo‘lgan shaxsning rafiqasi Irisova Maysara Mavlonovnaga ish beruvchi va «Temiryo‘lsug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan topshirildi. Shuningdek dafn marosimlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 8 million so‘m miqdorida ko‘mak berildi.    

Qurbon bo‘lgan shaxsning besh nafar oila a'zosining har biriga har oyda 650 ming 608 so‘m 29 tiyindan to‘lov amalga oshirilib bormoqda.

Hukumat komissiyasi tomonidan yana qurbon bo‘lgan besh kishining oilasiga pul mablag‘i shaklida yordam berish tayinlangan, shuningdek har bir oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari har oyda kompensatsiya bilan ta’minlanadi. Bunda to‘lovni qolgan besh nafar qurbon bo‘lganlar bilan mehnat shartnomasi tuzgan firma amalga oshiradi, deya xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech