25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Urbanizatsiya
29 Yanvar  2020 2645

Shahar issiqlik ta’minoti tizimiga yangi investitsiyalar

28-yanvar kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Raxmankulov Koreyaning «CMENTECH CO. LTD.» kompaniyasi vakillari va Osiyo taraqqiyot bankining konsultantlari bilan uchrashdi.

Avval ma’lum qilinganidek, OTB – Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini uzoq muddatli ijara shartlari bilan boshqaruvga topshirish bo‘yicha eksklyuziv konsultant deb belgilangan. OTBning konsultant sifatidagi vazifalari chet el kompaniyalaridan tushayotgan takliflarni texnik, yuridik va moliyaviy baholanishini ta'minlashdan iborat.

Uchrashuv jarayonida taraflar Toshkent issiqlik ta'minot tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha «CMENTECH CO. LTD.» tomonidan taklif qilinayotgan Davlat Xususiy Sheriklik loyihasini muhokama qildilar. Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-Issiqlik Markazini rekonstruksiya qilish masalasini ustuvor yo‘nalish deb belgilanib, bu yo‘nalishdagi vazifalar doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan: yopiq issiqlik ta'minot tizimiga o‘tish, modernizatsiya, eskirgan va avariya holatidagi issiqlik tarmoqlarini almashtirish, issiqlik sarfini hisoblash uchun smart-uskunalar va issiqlik tarmog‘ini intellektual boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Baxtiyor Raxmankulov avvalo Koreya Respublikasining grant mablag‘lari va «CMENTECH CO. LTD.» kompaniyasi tomonidan kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni hisobga olish hamda amalga oshirilayotgan ishlar tariflarning o‘sishiga olib kelmasligi kerakligini alohida ta’kidladi.

Tomonlar kompaniya fevral oyining birinchi haftasida konsepsiya va zarur hujjatlarni taqdim qilishiga kelishib oldilar. Ishlarning qiymati taxminan 70-100 million dollarni tashkil qilishi ko‘zda tutilmoqda. Aniqroq raqamlar texnik-iqtisodiy asos tayyor bo‘lganda ma’lum bo‘ladi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz sarfining tejalishi hamda transportirovka vaqtida issiqlik sarfi 30%dan ortiqqa pasayishi kutilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axboro xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech