26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
10 May  2020 497

Insoniylik tamoyiliga sadoqat timsoli

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i – O‘zbekiston rahbariyatining yuksak ma’naviy, axloqiy va insoniy tamoyillarga sodiqligini namoyon qildi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkentda qad rostlagan yangi monumental inshootlar va boshqa ob'ektlar xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ishbilarmon doiralari tomonidan yuqori baholanmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Xabarda Misrning «Al-Jumhuriya» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, Misr tashqi ishlar bo‘yicha kengashi a’zosi Sayyid Xoniyning fikri qayd etilgan.

Sayyid Xoniy O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus pandemiyasi, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida esa tabiiy ofat oqibatlari bilan kurash ketayotganiga qaramay madaniy-tarixiy bog‘ning qurilishini respublika rahbariyatining yuksak ma’naviy, axloqiy va insonparvarlik tamoyillarga, shuningdek, urush yillarida qurbon bo‘lgan 600 ming kishi xotirasiga ko‘rsatgan chuqur hurmat ramzi deb ta'riflagan.

«Urush yillarida O‘zbekistonda 6 million kishi istiqomat qilgan, ularning 1,5 millioni esa fashistlar qo‘shiniga qarshi janglarda qatnashgani o‘zbek xalqining o‘z yurtiga sadoqatidan dalolat beradi. Shuningdek, 200 mingdan ortiq o‘zbek askar va ofitserlarining harbiy mukofotlar bilan taqdirlangani ham fikrimizga yorqin misol, — deb fikr bildiradi Sayyid Xoniy janoblari. — Shu bilan birga, O‘zbekiston nafaqat o‘g‘il va qizlarini urushga yubordi, balki 1,5 million aholini qabul qildi, ishg‘ol qilingan va urushdan jabr ko‘rgan hududlardan O‘zbekistonga 250 ming bola evakuatsiya qilindi. Jang maydonlaridan ko‘chirilgan minglab askarlar ham aynan O‘zbekistondagi shifoxonalarda davolandi.Respublikada amalga oshirilgan barcha ishlar o‘zbekistonliklarning uning sharafli qahramonlari, ota-bobolariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Tarixiy xotirani abadiylashtiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech