26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
2 May  2020 441

Insonparvarlik yordami jo‘natildi

Xabaringiz bor, kecha Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida favqulodda vaziyat yuz berdi.

Kutilmaganda ro‘y bergan bunday ko‘ngilsizlik vaqtida bir-birimizga suyanchiq bo‘lish eng muhim insoniylik burchimizdir. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan Sirdaryo viloyatiga zarur oziq-ovqatlar mahsulotlari ortilgan yuk mashinalarida yordam jo‘natildi. Kartoshka, yog‘, piyoz, makaron, un va shu kabi zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yordam bugun Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Shuningdek, Chinoz tumani hokimligi tomonidan ham 32 dona katta hajmda yuk tashiydigan avtomobillar, 150 dona beton to‘siqlar yuborildi.  Yana bir avtomobilda oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi. Agar zarurat tug‘ilsa, yana jo‘natish uchun bir necha yuk avtomobillari tayyorlab qo‘yilgan.            

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy yil 27-aprelida Buxoro viloyatida ro‘y bergan kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun Toshkent viloyatidan Buxoro viloyatiga  qurilish materiallari ortilgan bir necha yuk mashinalari jo‘natilgandi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech