29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
13 Fevral  2020 1540

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari yangi formani sinovdan o‘tkazmoqda

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 12-fevralidan boshlab O‘zbekiston yo‘l-patrul xizmati inspektorlari ilk bor poytaxt ko‘chalarida yangi formada paydo bo‘ldi. Odatiy yashil forma o‘rniga to‘q ko‘k ranglisida.

"O‘ztekstilprom" uyushmasi tomonidan tikilgan forma bir necha variantlarda taqdim etilgan. Unda bodikamaera mahkamlanadigan maxsus joy ham bor, yorug‘lik qaytaruvchi chiziqlar formaning o‘ziga qo‘shilib tikilgan, ilgari YPX xodimlari kunning qorong‘i paytida forma ustidan maxsus yorug‘lik qaytaradigan nimcha kiyib olishardi.

Yo‘l harakati xodimlari bilan o‘tkazilgan so‘rovda ular formaning yengilligini va materialining tez qurishini alohida ta’kidlashdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech