08 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Mamlakatimizda
19 Sentyabr  2019 1472

Intellektual mulk agentligiga yangi direktor tayinlandi

Tulqin Sayfullaevich Abdusattarov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

T.Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019-yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech