19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
26 Avgust  2019 341

Internet orqali mebel sotaman deb bor pulini o‘g‘irlatdi

2019-yil 23-iyul kuni Navoiy shahar Tolstoy ko‘chasida yashovchi 25 yoshli A.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, uning platik kartasidan nomalum shaxs pullarini yechib olganligi bo‘yicha shikoyat qilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Gap shundaki A.G. “OLX” saytiga stol-stuldan iborat uy jihozlarini sotish maqsadida e'lon bergan. 22-iyul kuni soat 21:00larda noma'lum shaxs uning e'loni bilan tanishib so‘ng, +7905036**** va +7905036**** raqamlaridan telefon qilib, o‘zini “Sergey” deb tanishtirgan va berilgan e'londagi buyumlarini sotib olmoqchiligini aytgan. Pullarni A.G.ning plastik kartasiga o‘tkazib berishini bildirib, uning nomida bo‘lgan plastik kartasining raqamlarini olgan va kartadagi 14 600 000 so‘m pulini yechib olgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarimizni noma'lum shaxslar internet tarmog‘i orqali arzon narhdagi mahsulotlarni taklif qilsa yoki masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirib beraman deb aytsa hisob raqamlarni va plastik kartochka mahfiy kodlarini bermaslikka chaqiradi. Chunki ana shunday shaxslarning aksariyati firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirib olmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech