17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

investitsiyalar
7 Iyun  2019 584

Namanganda investitsiya forumi boshlandi

Bugun Namangan shahrida “Doing Business with Namangan-2019” xalqaro investitsiya forumi hamda “Made in Namangan-2019” Namangan ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi  boshlandi.

Mazkur tadbirlar Namangan viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan salohiyat va imkoniyatlar bilan xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyatini va xalqaro tashkilotlar vakillarini tanishtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu tadbirlarda mahalliy va xorijiy investorlarni faol ishtirok etishga taklif etadi.
Biznes forum 7-8 iyun kunlari bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech