18 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

investitsiyalar
18 Yanvar  2019 1984

Investorlar uchun «investitsiya vizasi» joriy etiladi

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-martdan boshlab:

  • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan «investitsiya vizasi» joriy etiladi;
  • O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
  • O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki «investitsiya vizasi»ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech