19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

investitsiyalar
20 Sentyabr  2019 1053

Xorijiy investorlar uchun “Investment visa” joriy etiladi

Prezident Farmoni ( 19.09.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qo‘shiladi.

“Investment visa” – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech