07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

investitsiyalar
2 Dekabr  2019 443

Buxoroda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyulda qabul qilingan 565-sonli Qaroriga ko‘ra, Buxoro shahrida “Bukhara City” nomli zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi yaratilishi belgilangan.

“Bukhara City” majmuasi Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoev, Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob'ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda barpo qilishnishi rejalashtirilgan. Majmua bosh rejasini ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq har tomonlama mukammal tayyorlash uchun loyiha boshqaruvchisi sifatida Turkiyaning «Studio Vertebra» kompaniyasi va qurilish sohasida boshqa yetakchi loyihalash tashkilotlari jalb qilingan. Loyihaga ko‘ra, hududda biznes markazi, mehmonxonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoxobchalar, turar joy binolari va boshqa ob'ektlarni qurish ishlari investorlar va boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech