18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Olimlar dеydiki...
14 Avgust  2019 728

Iqlimiy falokatni qanday chetlab o‘tish mumkin?

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi global harorat o‘sishini cheklashga, sanoatlashuvdan oldingi ko‘rsatkichlarga qaraganda, ko‘pi bilan Selsiy bo‘yicha 1,5 darajagacha kamaytirishga yordam beradigan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi, deya xabar tarqatdi «Mashable».

Mutaxassislar o‘rmonlarni keng miqyosda ekishni boshlashni tavsiya qiladilar, chunki daraxtlar atmosferadan karbonat angidridni samarali yo‘qotadigan va insoniyatning imkoniyati yetadigan yagona usul hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘rmonlar issiqlik to‘lqinlarini yumshatishga yordam beradi, ularning paydo bo‘lishi esa ochiq hududlarda havoning isib ketishiga olib keladi. Daraxtlar soya beradi va transpiratsiya (o‘simliklarda suvning tabiiy bug‘lanishi) jarayonlari orqali atmosferaga nam havo chiqaradi. Biroq o‘rmonlarni qayta tiklash oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun unumsiz yerlarda amalga oshirilishi lozim.

Bundan tashqari, biosferaga og‘ir uglerodli yuklama beradigan plastik idishlar ishlab chiqarishni kamaytirish kerak.

Darvoqe, Angliyaning Reding universiteti olimlari Arktikadagi isish qutblaridagi stratosfera pastki qatlamlarida havo haroratining pasayishiga olib kelishini aniqladilar. Shu bilan baravar tarzda ekvator chizig‘i ustidagi troposferaning yuqori qatlamlarida harorat ko‘tariladi. Ekvator va qutb o‘rtasidagi harorat farqi qancha katta bo‘lsa, Shimoliy Atlantika okeani orqali g‘arbdan sharqqa yo‘nalgan oqim tezligi shuncha kuchayadi. Troposferaning pastki qatlamlarida esa buning teskarisi kuzatiladi: harorat gradienti (biror kattalikning masofaga siljishidagi o‘zgarishlar birligi) tekislanadi, bu esa oqim tezligini pasaytiradi.

Bu ikki jarayon bir-birining o‘rnini to‘ldiradi, albatta, lekin so‘nggi yillarda shamol siljishining ortishi kuzatilmoqda, uning tezligi va yo‘nalishi atmosferaning nisbatan kichik qismlarida sezilarli darajada farq qilmoqda. Yuqori tez oqim o‘zgarmaydi, lekin pastki qismda tezlik pasayadi. Shunday qilib, har yili qo‘nish uchun pastlayotgan avialaynerlar shamol tezligida tobora kuchli o‘zgarishlarni his qilmoqda. Bu hodisa yo‘lovchilar va ekipaj a'zolarining xavfli jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech