17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Kеyingi avlod
16 Avgust  2019 520

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashda xalqaro tajribalar qo‘llanilmoqda

Bugun, 16-avgustidan boshlab 2019-2020-o‘quv yili uchun ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi va maktab-internatlariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan psixologik-pedagogik diagnostik test sinovlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Respublikamizdagi 156 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi va maktab-internatlarda test sinovlarida ishtirok etish uchun 17334 nafar (shundan, 7992 nafar ijtimoiy-gumanitar, 9342 nafari aniq fanlar yo‘nalishida) o‘quvchilar hujjat topshirishgan.

Psixologik-pedagogik diagnostika test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta'minlash uchun bu yilgi psixologik testlarni o‘tkazish tartibi va baholash tizimiga  bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, test  sinovlari yangicha usul, xalqaro tajribalar hamda Cambridge Assessment International Education tajribalariga  asoslangan holda tayyorlandi. Savollar mazmuni o‘quvchilarni ko‘prok mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undovchi topshiriqlarga qaratildi.

Respublika tashxis markazi qoshida tashkil etilgan Ilmiy laboratoriya professor-o‘qituvchilari tomonidan  o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va psixologik holatlarini inobatga olgan holda abstrakt tafakkur, matematik iqtidor hamda ijtimoiy yo‘nalishlarda bolaning qobiliyatlarini aniqlovchi psixologik testlar tuzildi.

O‘quvchilarning javoblar varaqasi  maxsus dastur asosida kompyuter texnikasi orqali tekshiriladi hamda natijalar e'lon qilinadi. Har bir bolaning ishlagan psixologik test natijalari o‘quvchiga oldindan berilgan ID kod orqali EXCEL dasturi asosida QAYDNOMA ko‘rinishida tayyorlanadi. Psixologik test natijalari maksimal 100 ballik tizimda baholanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech