25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Agrosеktor
20 Dekabr  2019 2944

Iqtisodiy samarasiz bog‘ va tokzorlar o‘rniga yangilari barpo etiladi

Hukumat qarori (18.12.2019 y.) bilan “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Nizomga muvofiq, 2020-yildan boshlab har yili 1-oktyabrga qadar iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlar maydonlarining manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.

Bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ularni o‘rniga intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish tuman (shahar) hokimlari tomonidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari hokimning yaroqsiz deb topilgan bog‘, tokzor o‘rniga intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga asosan olti oy muddatda bog‘ va tokzorni buzish va dalani daraxt qoldiqlaridan tozalash hamda uning o‘rniga intensiv bog‘ va tokzor barpo etish ishlarini amalga oshiradi.

Mazkur tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda hokimlik yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkin.

Eslatma: ushbu tartiblar bog‘ yoki tokzori mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi, dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech