21 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Voqea-hodisalar
15 Iyun  2020 994

Irlandiyani kalamushlar bosib ketdi

Dublin shahri aholisi koronavirus tufayli eʼlon qilingan karantinning beayov asoratiga duch keldi.

Irlandiya poytaxtiga toʻda-toʻda boʻlib kalamushlar hujumga oʻta boshlagan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta Irish Timmes axborot manbasiga tayanib. Unda xabar berilishicha, koʻchalarda mushuk kattaligidagi jonzotlarni uchratish mumkin ekan.

Yoz fasli shahar hokimiligiga aholidan koʻp sonli shikoyatlar kelib tushishidan boshlandi. Ulardan maʼlum boʻlishicha, kalamushlar zinalarda paydo boʻlar, kvartiralarga, hatto avtomashinalarga ham kirib olayotgan ekan.

Nashrning xabar berishicha, kemiruvchilar bilan kurashuvchi mahalliy mutaxassislar bahor payti orolda COVID-19 ning keskin tarqalish xavfi tufayli vaqtincha ishni toʻxtatib qoʻygandi. Uning ustiga pandemiya vaqtida baʼzi befahm odamlar chiqindi toʻla plastik paketlarni odamlar oʻtmaydigan joylarda uyatsizlarcha qoldirib ketganlar. Albatta yangi hududlarni ishgʻol qilayotgan kalamushlar bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermaganlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech