17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Mamlakatimizda
28 May  2019 302

Ishdan olingan Bekobod tumani hokimi va yana besh mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochildi

Hozirda Bekobod tumanida Abdullayev Ne’matjon Ozodovich hokim sifatida faoliyat yuritmoqda.

Tuman hokimi lavozimida bir muddat ish olib borgan Otabek Isroilov o‘zidan oldingi hokimlar kabi tez fursatda lavozimidan ayrildi. Undan oldingi hokimlar Turobjon Jo‘rayev va Rustam Xolmatovni qo‘shib hisoblaganda ikki yil vaqt ichida Bekobod tumanida to‘rtinchi hokim faoliyat yuritmoqda.
“Jahon.uz” nashri qo‘lga kiritgan jinoyat ishiga aloqador hujjatda qayd etilishicha, Tumanning sobiq hokimi Otabek Israilovga va yana bir qator mansabdorlarga nisbatan 1-1103-1901/51 sonli jinoyat ishi yuritilgan bo‘lib, shaxsan Israilov Otabek Ubaydullaevich (144-modda 1-qismi (Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish), 167-modda 3-qismi a-bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-modda 2-qismi a-bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 206-modda 2-qismi a-bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 207-modda 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-modda 1-qismi 2-qismi a-bandi (Mansab soxtakorligi), 210-modda 2-qismi v-bandi (Pora olish), 227-modda 2-qismi a-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish)) bilan ayblangan. Shuni aytish kerakki, uning bu jinoyatlarni qilgani yoki qilmaganiga sud aniqlik kiritadi.
Bundan tashqari, Xatamov Farxod Egamnazarovich, Abdujabbarov Toirjon Mo‘minovich, Usmanov Gurgun Abduraimovich, Begmatov Faxridin Safarovich, Begmatov Baxtiyar Safarovich ham sobiq hokim bilan bir jinoyat ishida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari tartibida ayblanishmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishida aka-uka Begmatov Baxtiyar Safarovich va Begmatov Faxridin Safarovich “O‘zboshimchalik” qilganlikda aybdor deb ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech