05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 492

Ispaniya YeIni birdamlikka chaqirmoqda

Ispaniyaning yirik axborot agentligi EFEning xabar berishicha, 30-martdan boshlab hukumat qarori bilan muhimligi ko‘rsatilmagan harakatlar 9-aprel kunigacha cheklab qo‘yiladi.

Bu haqda 28-martda Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches bayonot berib, ushbu cheklovlar sababini koronavirus pandemiyasining mamlakatda «eng yuqori cho‘qqiga» chiqayotgani bilan izohladi.

Sanches vaziyatdan ishchilar zarar ko‘rmasligini, ularga oylik maoshi kamaytirilmagan holda to‘lab berilishini aytib o‘tgan.

Uning ma’lum qilishicha, Ispaniya hukumati yevropa Ittifoqidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan birlashishni talab qilib, ittifoqqa yagona reja zarurligi, «har kim o‘z aravasini o‘zi tortsin» qabilidagi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech