20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Bilasizmi?
2 Avgust  2019 503

Poyga mashinasini boshqarishda miya signalidan foydalansa bo‘ladimi?

Xorijiy ommaviy axborot vositalari virtual haqiqatni fikr yordamida boshqarishga imkon beradigan yangi IT-yechimlar haqida xabarlar bera boshladi.

Bunday texnologiyalar jumladan, nogironlarga ham yordam berishi mumkin, deya xabar beradi yevronyus.

Manba baxtsiz hodisadan so‘ng falajlanib qolgan Semyuel Kunsning tarixini keltiradi. «Miya haydovchisi» deb nomlangan video o‘yinida u fikr yordamida poyga mashinasini boshqaradi.

«Xullas, kompyuterni aql yordamida nazorat qilish uchun kuchaytirgich va elektrodli qopqoqchalar kerak bo‘ladi. Ular boshqaruvchining miya signallarini rasshifrovkalaydi. Mushak faoliyati juda kuchli va aniq bo‘ladi, ammo latifligi sabab miya impulslarini sezish juda mushkul. Shu bois biz mushak faolligini olib tashlaymiz, ya'ni filtrlangandan so‘ng sof miya signalining o‘zi qoladi», – deydi Shveytsariyadagi Syurix Oliy texnika maktabi (ETH) neyrofiziologi Rea Lener xonim.

«Elektrodlar kuchaytirgichga, so‘ng kompyuterga va algoritmlarimizga ulanadi. Ular miya signallarini hisoblab, mos buyruqlarni o‘yinga yuboradi. Shunday qilib, uning harakati boshqaruvchi tomonidan nazorat qilinishi mumkin», deydi u.

Sal ilgariroq San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari miya faoliyati signallari orqali so‘zlarni taniy oladigan algoritm ustida tadqiqotlar olib borayotgani ma'lum qilingandi. Uni ijtimoiy tarmoqlardan birida sinab ko‘rish rejalashtirilgan.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, yaqin kelajakda ko‘plab qurilmalar ishida butunlay yangicha yondashuvlar borasida gapirish mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech