07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Dolzarb
30 Mart  2020 1079

Italiyada karantin 3 apreldan keyin ham davom etadi

Italiyada koronavirus epidemiyasi tarqalishini to‘xtatish uchun bundan uch hafta oldin karantin joriy qilingan edi, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa.

«Tabiiyki, biz hali ham ushbu choralarga ehtiyoj sezyapmiz. Agar karantinni to‘xtatish haqida o‘ylaganimizda, biz fojeali xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lardik», - deya ta'kidladi u yakshanba kuni «Rai2» telekanalida chiqish qilib.

«Bugun biz mazkur inqirozning o‘rtasida turibmiz. Hushyorlikni tushirib bo‘lmaydi. Karantin amalyoti 3 aprelda nihoyasiga yetadimi? Shuni aniq aytishim mumkinki, karantin vaqti aniq cho‘ziladi», - dedi Speransa.

Uning aytishicha, dushanba kuni hukumat bilan ilmiy qo‘mita birgalikda majlis o‘tkazadi. O‘shanda hozirgi tartibning samarasiga baho beriladi.

«Bizga yana ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi», - dedi vazir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech