25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Tashvishli xabar
12 Mart  2020 1378

O‘qituvchilarning 1,2 milliard so‘m puli qaytarildi

Sarosiyo tumani o‘qituvchilarining ish haqi bank xodimlari tomonidan talon-toroj etilgan.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga dekabr, yanvar oyida berilishi kerak bo‘lgan ish haqi o‘z vaqtida berilmagan.

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida byudjetdan ajratilgan bu pullar bank xodimlari tomonidan o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborilgani ma’lum bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruvda «Qishloq qurilish bank» Aksiyadorlik-tijorat bank Sariosiyo filiali chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i va bankning  boshqa xodimlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida shu ishga qo‘l urgani aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida ular tomonidan o‘zlashtirilgan 1,2 milliard so‘m byudjet pul mablag‘lari Departament tashabbusi bilan undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan bank xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Surxandaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech