14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Xalqaro hamkorlik
22 Iyul  2020 678

Singapurdan 30 ta kislorod konsentratori olib kelindi

Singapurning “Temasek Foundation” fondi 30 dona “Yuwell 7F-5” kislorod konsentratorini begʻaraz asosda taqdim etdi, Bugun yuklarni Oʻzbekiston tomoniga rasmiy topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Kislorod konsentratorini mamlakatimizga joʻnatish bilan bogʻliq tashkiliy jarayon Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi tomonidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 20-iyulda oʻtgan Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar masalalariga bagʻishlangan videoselektordagi topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Singapur tomonining 30 ta kislorod konsentratorini yetkazib berish boʻyicha qaror Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kompleks chora-tadbirlar va qatʼiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida oʻz vaqtida va manzilli koʻrsatilgan yordam boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, bu hamkor mamlakatning Oʻzbekiston tibbiy muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun taqdim qilgan ikkinchi insonparvarlik yordamidir. Bundan oldin Singapur mamlakatimizga 5 ming dona PSR test tizimlarini yuborgan edi.

Uskunalarni mamlakatimizga olib kelish uchun 22-iyul kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan Shanxay shahri orqali reys tashkil qilindi. Ayni paytda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi kislorod konsentratorlarini qabul qilib oldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech