28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,5 °C

Salomatlik
1 Aprel  2020 983

Yana to‘rt nafar bemor sog‘ayib ketdi

Yana bir xushxabar. Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana to‘rt nafari butunlay sog‘aydi.

Ularning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan fuqarolardir. Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi.  

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu bemorlarning sog‘ayishida Virusologiya ilmiy-teshirish instituti klinikasi jamoasining koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uchun shifoxonada barcha sharoit yaratilgan. 

Yana bir e'tiborli jihati, shifokorlarimiz tomonidan bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, koronavirus infetsiyasini jilovlay olgan Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning amaliy ishlari o‘rganilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda. Har bir bemorga ilmiy asosda yondashilib, standartlar bo‘yicha davolash choralari ko‘rilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech