17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Sport
30 Avgust  2019 386

Taekvondochilarimiz Bolgariyadagi jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida XXI jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada dunyoning 96 ta davlatidan 2640 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvlarda O‘zbekiston Taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi terma jamoasi munosib ishtirok etdi va 1 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi.

Sportchilardan Shoxrux Otajanov (64 kg vaznda) 2-o‘rin, Valijon Xudoyberdiyev (52 kg vaznda) va Behruz Saidov (85 kg vaznda) 3-o‘rinni egalladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech