23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
31 Yanvar  2019 1669

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi kafedra tuzildi

Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:

– “Siyosatshunoslik” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta (5 ta grant);

– “Amaliy siyosatshunoslik” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta (2 ta grant);

– “Siyosiy fanlar” tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.

Qarorga muvofiq universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi.

Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech