27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,7 °C

Xavfsizlik
27 Mart  2020 769

Jamoat transporti harakati chegaralanadi

2020-yil 27-mart soat 12.00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, shahar va tumanlarda (Navoiy, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlari) doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27-mart kuni soat 12.00 boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to‘xtatiladi, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, ushbu xabar orqali viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo‘yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech