07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Transport
22 Mart  2020 1099

Yandeks.Taksi: karantin sharoitida ishlash haqida

22-mart kunidan boshlab jamoat transporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi. Yandeks.Taksi karantin sharoitida ishlash haqida izoh tayyorlagan.

Biz shu vaziyatdan juda tashvishdamiz va shahar bo‘yicha avtomatik yuqorilash koeffitsientini o‘chirib qo‘ydik. Texnologik jarayon bir oz vaqt talab qildi, shuning uchun ertalab uni xizmatda hali ko‘rib qolishingiz mumkin edi. Hozir yuqorilash koeffitsient bo‘lmasligi kerak. Mashinalar yuqori talab tufayli yetarli bo‘lmasligi mumkin, ammo biz park-hamkorlar bilan birgalikda liniyaga imkon qadar ko‘plab haydovchilarni olib chiqishga harakat qilmoqdamiz. Shuningdek, transport Departamenti va parklar bilan birga avtomobillarni dezinfeksiya qilish masalasi ustida ishlamoqdamiz.

Bizning jamoamiz davlat organlari bilan aloqada bo‘lib, barcha masalalarni tezkorlik bilan hal qilmoqda.

Biz vaziyatni kuzatib borib, shaharni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilmoqdamiz, deyiladi izohda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech