15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Transport
21 Oktyabr  2019 443

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikiston Respublikasining Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

19-oktabr kuni MN-28-sonli “Qo‘qon-Shaydon” yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur avtobus qatnovi yo‘nalish masofasi 84,5 km. bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan “RAXSh-R.M” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan “Mansur Mirzohid” MChJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lkira narxi 23 000 so‘m etib belgilandi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech