30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,6 °C

Ta'lim
3 Mart  2020 3678

Yangi o‘quv yilidan yangi o‘quv soati

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018-yil 27-aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o‘quvchilar uchun belgilangan haftalik o‘quv soati amalda me’yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang‘ich sinflarning o‘quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Bundan tashqari, endilikda asosiy e’tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta’lim berishga qaratiladi. Ya’ni dars soatlarini qisqartish bir qator fanlarni umumlashtirish, ba’zilariga ajratilgan soatlarni qisqartirish, yana boshqa bir fanlarni o‘tishni takomillashtirish evaziga amalga oshiriladi. Bunda samarasiz deb topilgan mavzularni ham qisqartirish, shuningdek dars o‘tishning ilg‘or usullarini joriy etish, xususan, xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi  ham nazarda tutilgan. 

Shundan kelib chiqib, 5-6-sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari» faniga haftasiga 0,5 soatdan qo‘shib berildi va ularning haftalik o‘quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi. 10-11-sinflarda esa  «Kimyo» va «Biologiya» fanlariga 1 soatdan qo‘shib berildi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech