20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
8 Avgust  2019 445

Futbol maydonidagi o‘zaro janjalda 18 yoshli yigit vafot etdi

7-avgust kuni Farg‘ona tumanida futbol o‘ynayotgan yoshlar o‘rtasidagi janjal natijasida bir kishi vafot etdi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, Yoshlarobod ko‘chasida yashovchi 26 yoshli A.G‘. Sado ko‘chasida joylashgan futbol maydonchasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Oqbilol ko‘chasida yashagan 18 yoshli I.U.ning yuziga qo‘llari bilan urgan. Natijada  I.U. boshi bilan yerga yiqilib tushgan va jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.G‘. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech