15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Dolzarb
13 Iyul  2020 354

Janubiy Koreya hududiga kirish tartibi kuchaytirilyapti

Janubiy Koreya toʻrt mamlakat fuqarolari uchun oʻz hududiga kirish tartibini kuchaytirdi.

 

Janubiy Koreya hukumati 13-iyuldan boshlab bir qator mamlakat fuqarolari uchun Koreya Respublikasi hududiga kirish tartibi kuchaytirilganini eʼlon qildi. Bular Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Bangladesh va Pokiston mamlakatlari.

Endilikda ushbu davlatlardan kelayotgan fuqarolar koronavirus testidan oʻtganligi va infeksiya mavjud emasligini tasdiqlovchi rasmiy xulosaga ega boʻlishi kerak. Bunda, tibbiy maʼlumotnoma Koreyaga uchishdan 48 soat avval olingan boʻlishi va faqat Koreya Respublikasi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tan olingan muassasalardan olinishi kerak.

Shu bilan birga, xorijdan kelgan barcha fuqarolar uch kun davomida COVID-19 uchun takroriy test topshirishi va natijalaridan qatʼi nazar 14 kun davomida karantinda boʻlishi zarur.

Shuningdek, 13-iyuldan boshlab, Janubiy Koreya portiga kirib keladigan barcha dengiz kemalari ekipaj aʼzolari ham qirgʻoqqa chiqishdan avval 14 kunlik karantinni oʻtashi lozim boʻladi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta

Seuldagilarning taʼkidlashicha, kirish tartibi qatʼiylashtiriladigan roʻyxatga qoʻshilish ehtimoli mavjud yana 11 mamlakatdagi vaziyat kuzatib borilayapi ekan.

Maʼlumot uchun, oʻtgan kunlar ichida Koreya Respublikasida COVID-19 bilan kasallangan 62 yangi holat qayd etilgan, 26 nafar bemor sogʻaygan, yangi oʻlimlar esa qayd etilmagan. Shunday qilib, bugungi kunga Janubiy Koreyada 13 479 kishi kasallangan, 289 nafar bemor hayotdan koʻz yumgan, 986 nafar bemor davolanyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech