01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Voqea-hodisalar
3 Yanvar  2020 1267

Norvegiyada yanvar: dengizda suzsa ham bo‘ladi

Norvegiyada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi - +19 daraja.

Norvegiyaning g‘arbidagi Sundalsora qishlog‘ida 2-yanvar kuni +19 daraja harorat qayd etildi. Bu rekord darajadagi ko‘rsatkich, ushbu oyda mamlakatda kuzatiladigan o‘rtacha haroratdan 25 daraja yuqori, deya xabar beradi BBC ma’lumotiga tayangan «RBK-Ukraina».

Raum munitsipaliteti meri Ivon Uoldning so‘zlariga ko‘ra, odamlar futbolkalarda ko‘chalarga chiqib, chang‘i uchish o‘rniga dengizda suzishgan.

BBC meteorologi Piter Makevordning tushuntirishicha, qishloqdagi o‘ta yuqori haroratga sabab uning geografik joylashuvida ekan. U nishablikda joylashgani bois unga tez-tez tog‘lardan vodiyga tomon esadigan kuchli, keskin o‘zgaruvchan, iliq va quruq mahalliy shamollar ta’sir qiladi.

Skandinaviya davlatlarida, jumladan Sundalsorada birinchi marta juda issiq qish bo‘layotgani yo‘q. Qishloqda ilgari ham dekabr (+18.3 daraja) va yanvar (+18.9 daraja) oylarida issiq harorat kuzatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech