17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Sport
5 Sentyabr  2019 405

JCh­­­­-2022 saralashidagi dastlabki o‘yin O‘zbekiston uchun omadsiz yakunlandi

Xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi JCh­­­­-2022 ikkinchi saralash bosqichida Falastin terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi bo‘limda vakillarimiz ustunlikka ega bo‘ldi, ammo golga tortadigan vaziyatlar deyarli bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda to‘pga egalik qilish bo‘yicha futbolchilarimiz yaxshiroq natija ko‘rsatgan bo‘lsada Falastin terma jamoasi o‘yinni nazorat qildi. O‘z darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishga imkon qoldirishmadi. Tan olish kerak, qarshi hujumlarda raqiblarimiz ancha xavfli o‘ynashdi.

Qarshi hujumlardan birida, aniqrog‘i 60-daqiqada Ibrahim Dabbah Eldor Suyunov darvozasiga gol kiritdi. 84-daqiqada Islam Batran tomonidan termamiz darvozasiga ikkinchi gol ham kiritildi. 
Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech