20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
5 Avgust  2019 396

“Yallama” chegara postida jinoiy guruh qo‘lga olindi, unda bojxona xodimlari ham bor

Bugun, 5-avgust kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jinoiy guruh a'zolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va'da qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech