02 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Ijtimoiy hayot
16 Dekabr  2019 989

Jizzaxda 34 yil mehnat ta'tiliga chiqmagan xodimga kompensatsiya to‘landi

Jizzax viloyatida 34 yillik mehnat faoliyati davomida mehnat ta'tiliga chiqmagan Gulchehra Yaxshiboevaga kompensatsiya puli undirib berildi, deb xabar qiladi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi.

Jizzax viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining Yaxshibekova Gulchexra Sadullaevna manfaatida javobgar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya hamda ma'naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da'vo talabi bilan murojaat qilib, javobgardan 34 yillik mehnat faoliyati davomida mehnat ta'tilidan foydalanilmaganligi uchun pullik kompesatsiya hamda 12 mln. so‘m ma'naviy zarar undirilishi so‘ralgan.

Sud majlisida aniqlanishicha arizachi G.Yaxshiboeva 1976 yil dekabr oyidan 2016-yil 14-yanvarga qadar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasida xamshira vazifasida ishlab kelganligini, manfaatdor shaxs 1982-2015-yillar davomida mehnat ta'tiliga chiqmaganligi ma'lum qilingan. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Sud qarori bilan javobgar Baxmal tuman tibbiyot birlashmasidan Yaxshiboeva Gulchehra Sadullaevna foydasiga 34 110 848 so‘m kompensatsiya undirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech