30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Turizm
24 Aprel  2020 954

Jizzaxda avtokemping ishlab chiqildi

Yurtimizda turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar Jizzax vohasidagi Zomin, Baxmal, Aydarko‘l, Forishning so‘lim oromgohlari va boshqa daryo va ko‘llar yonlarida, Mirzacho‘l sahrosining dam olib, tabiatimiz ajoyibotlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lyapti.

Shunday ekan, Sayyohlar uchun qulay innovatsion avtokemping, avtouy mashinalari, tirkamalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularni ijaraga berishni tashkil qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jizzax davlat pedagogika institutining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi hamda ixtirochining sa'y-harakati bilan milliy uslubda Avtouy tirkamasi ishlab chiqarishni sanoat namunasi ko‘rinishidagi maketiga intellektual mulk agentligi tomonidan 2018 yil 29 dekabrda raqamli patent olingan.

Institut rahbariyati koronavirus pandemiyasi davrida, inqirozni yengib o‘tishga imkon qadar yordam berish, oilaviy sayyohlikni rivojlantirish maqsadida mazkur patentni ishlab chiqarishga tatbiq etdi.

Kelajakda milliy uslubdagi avtouy, avtokempinglarni qo‘shni respublikalarga eksport qilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech