19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,5 °C

Xavfsizlik
12 Iyun  2019 395

Jizzaxdagi g‘isht ishlab chiqarish sexida 66,5 mln. so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgan

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumani «Gandumtosh» mahallasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirilganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ya'ni, bunda huquqbuzar korxonaga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasining filtr qismiga po‘lat sim o‘tkazib, hisobga olish priborlarini ko‘rsatgichini to‘xtatib qo‘yishni maqsad qilgan.

Holat yuzasidan, Jizzax viloyat bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, 56 ta gorelka va 28 ta kamera bo‘lgan ushbu xususiy korxona tomonidan ta'minotchi korxona manfaatiga 66 million 576 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Noqonuniy xatti-harakat bo‘yicha korxona rahbari bugungi kunda pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech