20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
7 Avgust  2019 383

Jizzaxdagi MDF eshiklari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 7-avgust kuni Jizzax shahar Navro‘z mahallasida joylashgan xususiy korxona binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar tarqatdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Darhol yong‘in joyiga Jizzax shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib kelgan.

O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda MDF eshiklar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonaning ikki qavatli binosida 230 metr kvadrat maydonda yong‘in sodir bo‘layotgan edi. Bino ichida ko‘p miqdorda yonuvchi modda va materiallar borligi sabab yong‘inning kuchayishi va qo‘shni binolarga o‘tib ketish xavfi yuqori bo‘lgan.

Shu boiz yong‘in o‘chirish shtab boshlig‘i tomonidan “2-chaqiriq” e'lon qilingan va yong‘in joyiga 8 ta asosiy turdagi, 2 ta maxsus va 2 ta yordamchi avtomobillar jalb etilgan. Yong‘in joyida tezkorlik shtabi tuzilib, yong‘in-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi, ichki ishlar boshqarmasi, tez tibbiy yordam va boshqa tezkor xizmatlar xodimlarining hamkorligi tashkil etildi.

Yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilib, alanganing qo‘shni binolarga tarqalib ketishining oldi olindi. Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech