25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Urbanizatsiya
4 Mart  2020 1781

Yo‘l va estakadalar yevropacha usulda quriladimi?

Jahongir Ortiqxo‘jaev Gollandiyaning «Ballast Nedam» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda «Ballast Nedam» kompaniyasi bilan ijtimoiy va infratuzilmaga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, «Ballast Nedam» 1877-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qurilish sohasida 140 yillik tajribaga ega. Kompaniya aeroportlar, shifoxonalar, suv ta’minoti, energetika va issiqlik tizimi, og‘ir va yengil sanoat, shuningdek, yo‘llar, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi.

Ayni payda «Ballast Nedam» kompaniyasi Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo‘llar, estakadalar va yer osti yo‘llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

O‘zaro muloqot davomida tomonlar hamkorlik masalasini tegishli mutaxassislar bilan atroflicha ko‘rib chiqishga kelishdilar, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech