07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Transport
16 Mart  2020 373

Yo‘lkira haqi asossiz oshmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdan vodiy viloyatlari yo‘nalishida yo‘lkira haqini 200 000 so‘mgacha oshirib yuborganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.  

Hozirda poytaxtimizdan respublikamiz viloyatlariga qatnovchi taksilarda yo‘lkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.

«Qo‘yliq» bozori yaqinida joylashgan avtoturargohda Toshkentdan vodiy viloyatlariga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida ayni damda Toshkent- Farg‘ona yo‘nalishida yo‘lkira haqi 50 - 60 000, Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida 40-50 000, Toshkent - Namangan yo‘nalishida 50 – 60 000, Toshkent- Andijon yo‘nalishida esa 70-80 000 so‘m atrofida ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Trasnport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech