25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Moliya
1 May  2019 811

Joriy yilning I choragida kichik biznesga 330,7 milliard so‘m kredit ajratildi

“Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan 2019-yil I choragi davomida kichik  biznes sub’ektlarini  moliyaviy  qo‘llabquvvatlash  maqsadida 330,7 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi. Bu haqda bugun bank tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani aytib o‘tildi.

Investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusidagi anjumanda qayd etilishicha, bank tomonidan o‘tgan vaqt mobaynida aholining faol qismiga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun 69,9 mlrd. so‘m  mikrokreditlar ajratilgan.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ayollarning to‘laqonli ishtirokini ta'minlash, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida  ajratilgan  kreditlar miqdori 12 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun esa 68,8 mlrd. so‘m ajratilgan.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 150,3 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar, shuningdek, 11 178,7 mln. so‘m miqdorida overdraft, mikroqarz va iste'mol kreditlar ajratilgan.

Tadbirda kichik biznes sub'ektlarini moliyalashtirish yo‘nalishida xorijiy  moliya  institutlari  mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan kreditlar haqida ham ma'lumot berildi.

Xususan, Jahon  banki  guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining chorvachilik va meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi jami 34 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari to‘liq o‘zlashtirilishiga erishildi.

Xitoyning Eksport-import banki tomonidan ajratilgan 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Bundan tashqari mijozlarning qisqa muddatli kreditlarga bo‘lgan talabini qondirish  maqsadida  Rossiyaning AK-BARS bankining savdoni moliyalashtirish yo‘nalishidagi 2,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘laridan foydalanildi.

Anjumanda “Qishloq qurilish bank”ning istiqboldagi loyihalari va joriy qilinishi ko‘zda tutilayotgan yangi xizmatlar haqida ham ma'lumot berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech