15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,6 °C

Mamlakatimizda
3 Oktyabr  2019 824

Joriy yilda 1 ming 200 dan ortiq yangi standartlar qabul qilingan

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti(Standartlar instituti)da ushbu institutning 50 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda institutda qator yillar mehnat qilgan faxriy mehmonlar, hamkorlikda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar, “O‘zstandart” agentligi rahbariyati, institut xodimlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda institutda keng doiradagi islohotlar, milliy mahsulotlarimizni xalqaro me'yorlar darajasiga olib chiqish yo‘lida qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, joriy yilning shu davriga qadar 1214 ta yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 1173 tasi xalqaro standart, me'yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan. 247 ta yangi turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo texnologiyasi, neft mahsulotlari, temir yo‘l texnikasi va boshqa sohalarda) ishlab chiqarilishi standartlar bilan ta'minlandi.

Standartlar instituti tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 500 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga 5 ta davlat standartlari (O`z DSt) loyihalari ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatiga olindi.

Standartlar institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan 2019-yil 9 oylik faoliyati davomida jami 72 ta o‘quv ixtisosligi bo‘yicha 115 ta o‘quv kurslari tashkil etildi. 2019-yil uchun tasdiqlangan Reja-jadval bo‘yicha 61 ta o‘quv kursi tashkil qilinib, unda 776 nafar mutaxassis jalb qilindi. Respublika korxona va tashkilotlarining taklif va murojaatlariga asosan, rejadan tashqari 54 ta o‘quv kurslari tashkil etilib, ularda 653 nafar mutaxassislar malaka oshirishdi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan Turkiya davlatining “Turk standartlari instituti” xalqaro auditorlari tomonidan qator xalqaro o‘quv kurslari tashkillashtirilib kelinmoqda. Kelgusida Rossiya Fedaratsiyasi, Belorussiya Respublikasi, Turkiya Respulikasi kabi davlatlarning Standartlar istitutlari bilan hamkorlikda xalqaro kurslarni tashkil qilish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech