27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Dolzarb
19 May  2020 507

JSST ogohlantiradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yevropani yana bir xavfdan ogoh etadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning qish faslida koronavirus infeksiyasi ikkinchi marta avj olishi to‘g‘risida yevropani ogohlantirdi, deb xabar beradi The Telegraph.

Bloomberg axborot manbai Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Szilin va Lyaonin provinsiyalaridagi shaharlarda 108 million kishi COVID-19 ning yangi to‘lqini tufayli karantinga joylashtirilganini ma’lum qiladi.

Xalqaro valyuta fondi 2021-yilda iqtisodiyotning to‘la tiklanish ehtimoli kam ekanini malum qildi. Jahon iqtisodiyotining tiklanishi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Proteksionizm xavfi takidlanmokda, deb ogohlantiradi Guardian.

NYTning ma’lum qilishicha, Turkiyada Iyd-al-Fitr — Ro‘za hayiti ayyomi vaqtida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida shanba kunidan boshlab mamlakat bo‘ylab 4 kunlik izolyasiya joriy qilinadi. Fuqarolarning ko‘chaga chiqishlari taqiqlanadi. 

Fransiya va Germaniya yevropa iqtisodiyotni tiklash jamg‘armasi tasarrufida 500 milliard yevro jamlashni taklif qilmoqda, bu pullar yeI mamlakatlari o‘rtasida, asosan COVID-19 dan aziyat chekkan davlatlarga ko‘proq miqdorda taqsimlanadi, deb xabar beradi BBC.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech