01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Salomatlik
17 Fevral  2020 1006

Yuqumli kasalliklarga qarshi hamkorlikdagi harakat

Bemorni zudlik bilan va ishonchli izolyatsiya qilish bugungi kunda tibbiyotda dolzarb masala bo‘lib qolyapti. Ayniqsa ko‘pgina mamlakatlarda korona virusga o‘xshash yuqumli kasalliklar,  avj olayotgan bir paytda shifokorlar ixtiyorida bemorlarni izolyasiya qilish uchun zarur mobil uskunalarning bo‘lishi kerakligi barchaga ma'lum.

 

 O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi delegatsiyasi Chexiyaning«EGO Zlin, Ltd» korxonasida bo‘lib, zamonaviy dolzarb tibbiyot uskunalari bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda ishlab chiqaruvchilar biologik himoya deb ataluvchi uskunalar tizimini namoyish etishdi. Uskunaning asosini tashkil etuvchi biologik va kimyoviy himoya qiluvchi kostyumlar birinchi navbatda bemorlar bilan bevosita yaqin aloqada bo‘ladigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Bemorni o‘z joyidan kasalxonaga olib borish uchun mo‘ljallangan BIO-BAG EBV-30/40 rusumli kapsula Milliy palata delegatsiyasida alohida qiziqish uyg‘otdi. Mazkur kapsula filtro-ventilyasiya bilan jihozlangan bo‘lib, CO2 ugle gazining bemor qonida ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida kamera ichiga kerakli miqdordagi tozalangan havoni yetkazib beradi. Shuningdek u turli bakteriya va viruslarni tutib qolish, hamda dizinfeksiyalash va bir qancha boshqa zarur imkoniyatlarga ham ega. Kapsulani  vertolyot, tez yordam mashinasi va boshqa transport vositalarida ham qo‘llash mumkin.

Delegatsiya a‘zolari tanishib chiqqan asbob uskunalardan nafaqat tibbiyotda, balki aeroport, vokzal va shu kabi odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda infeksiyalar tarqalish xavfi paydo bo‘lgan  vaziyatlarda keng foydalansa bo‘ladi.

Darhaqiqat, hozirda Chexiyaning mazkur korxanasining bir necha turdagi mahsulotlari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deya xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech