05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Mamlakatimizda
15 Yanvar  2020 1189

Endi Toshkentda har yili zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi tashkillashtiriladi

2020-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jevellery Fair-2020” birinchi xalqaro ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘rsida” qaror qabul qildi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/ 15-yanvar. Ko‘rgazma-savdo 2020-yil 8-10-mayda Toshkent shahrida “Yoshlar ijod saroyi” bazasida bo‘lib o‘tadi. Keyinchalik har yili may oyi birinchi haftasining juma kunidan yakshanba kunigacha o‘tkaziladi.

Shuningdek xorijiy davlatlarning zargarlik tarmog‘ida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarning har yilgi jadvaliga “Uzbek Jevellery Fair-2020” xalqaro ko‘rgazma-savdosini kiritish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Ko‘rgazma ishtirokchilariga o‘z mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga sotishga ruxsat beriladi.

Ishtirokchilar uchun tashkiliy masalalarni hal qilish vazifasi TIV, IIV, FVV, DBQ, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ larga yuklatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech