22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Mamlakatimizda
29 Yanvar  2019 2292

Sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni qanday jalb qilish mumkin?

IFC Xalqaro moliya korporatsiyasining davlat-xususiy sherikchiligi bo‘yicha maslahat xizmati sababli sog‘liqni saqlash sohasiga 70 dan 100 million dollargacha xorijiy investitsiya jalb qilish imkoniyati tug‘ildi.

Bu haqda IFC korporatsiyasi vakolatxonasi rahbari Zafar Hoshimov OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi. U Butunjahon banki guruhiga kiradi.

Mazkur tashkilot Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazdi. Tadbirda Qirg‘iziston, Gruziya, Turkiya davlatlaridan kelgan ekspertlar so‘zga chiqdilar. Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ham ta’kidlandi. IFCning maslahat darajasidagi qo‘llab-quvvatlashi, mutaxassislarning aytishicha, kelgusida sifatli tibbiy xizmatlarni kengaytirishda inobatga olinishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech