28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Ijtimoiy hayot
31 Mart  2020 582

Fotoreportaj: 30-mart kuni bozorlar qanday ishladi?

30-martdan boshlab mamlakatimizda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur chora sifatida Toshkent shahri va viloyat markazlarida shaxsiy transport vositalarining harakatlanishiga cheklov joriy etildi.

Shu bois, bir kun avval – 29-mart kuni poytaxtimizning ko‘plab bozorlarida tartibsizliklar yuzaga keldi. Odamlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi boshlanishidan xavotirga tushib, barcha zarur mahsulotlarni kundalik iste'moldan ortiqcha, zaxira uchun sotib ola boshladi.

Odamlar karantinning eng oddiy me'yorlarini buzayotganliklarini unutishdi, bozorlarda uzundan-uzun navbatlar hosil bo‘ldi. DSQ «ishonch telefoni»ga 29- mart kuni bir kun avvalgidan deyarli ikki barobar ko‘p – 651 ta murojaat kelib tushdi. 

Fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi tugashi va bozorlarda kartoshka yetishmasligi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi oshib ketishi mumkin degan mazmunda shikoyat qildi.

Ushbu fikrlar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi. Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko‘ra, barcha postlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortilgan avtotransport vositalarini kuzoviga majburiy sanitar ishlov berilgandan keyin o‘tkazib yuborish topshirig‘i berilgan.

Bundan tashqari, supermarketlar, oziq-ovqat bozorlari, shuningdek, mahallalarda, aholi yashash punktlarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlari ham faoliyatini davom ettirmoqda. Masalan, bugun 30-mart kuni poytaxtimizdagi bozorlarda savdo rastalari arzon mahsulotlarga to‘laligi, odamlar kelishi kamaygani kuzatildi. 

Hurmatli vatandoshlar! Behuda sarosimaga tushmang, ko‘chaga faqat zarur hollarda chiqishga harakat qiling, odamlar to‘planib turgan joylarga yaqin bormang. Olomon navbatlarida turib, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetarli, shuning uchun ularni ko‘p miqdorda zaxiralashdan ma'ni yo‘q.

Agar siz mahsulotlarning narxlarini asossiz oshirilishiga guvoh bo‘lsangiz, birinchi navbatta, DSQning (71)244-98-98 raqamli «Ishonch telefoni»ga yoki 1198 qisqa raqamli «Call-markazi»ga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech