05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,9 °C

Moliya
2 Iyun  2020 747

QQS qanday qaytariladi

Karantin davrida davlat byudjetidan tadbirkorlik subyektlarining hisob varaqlariga 611,6 milliard soʻm kelib tushdi. Bu tovarlarni eksport qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllagan korxonalar uchun qaytarilgan QQS summasidir.

QQS ni qaytarish – amaldagi Soliq kodeksining muhim normalaridan biridir. Ushbu huquq qulay biznes muhiti yaratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Inqirozga qarshi choralar sharoitda Davlat soliq qoʻmitasi tovarlarni eksport qilishda nol stavkasini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha QQS miqdorini qaytarish tartibini sezilarli darajada soddalashtirdi. Soliq toʻlovchi QQS ni qaytarish uchun shaxsiy kabineti orqali DSQ ga elektron shaklda murojaat yuborishi kifoya. Hujjatlar Davlat soliq qoʻmitasining ishchi guruhi tomonidan tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Joriy yil 1-iyun holatiga DSQ tomonidan 804 ta ariza koʻrib chiqildi. Shundan 194 tasi Toshkent shahri, 102 tasi Toshkent viloyati, 86 tasi Andijon, 81 tasi Namangan, 73 tasi Buxoro viloyati va 34 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hissasiga toʻgʻri keladi. 661,6 milliard soʻmlik 336 ta ariza Moliya vazirligiga yuborildi. 468 ta ariza asoslanmaganligi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklari sababli korxonalarga qaytarildi.

Eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarning QQS ni qaytarish masalasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish Davlat soliq qoʻmitasining ustuvor vazifalaridan biridir.

Eslatib oʻtamiz, hisobotida nomuvofiqliklar aniqlangan tadbirkorlik subyektlari xatolarini tuzatib, QQS summasini qaytarish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.

Maʼlumot uchun. 2020-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini soliq toʻlovchiga qaytarishni amalga oshiradi. Yaʼni soliq organlari QQSni nafaqat eksport qiluvchilar, balki boshqa QQS toʻlovchilariga ham qaytaradilar, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech