22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Turizm
27 Dekabr  2018 3161

Mashinani ijaraga qanday olish mumkin?

Fuqarolar va xorijlik turistlar avtomobilni notarial rasmiylashtirmay va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmay 30 kungacha ijaraga olishlari mumkin.

Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati qisqa muddatli ijara uchun nimalar kerakligi borasida tushuntirish berdi.

Mamlakatimizda ana shunday xizmatlar ko‘rsatuvchi 23 kompaniya, shuningdek, xalqaro «Sixt» kompaniyasi mavjud.

Shartnoma yozma shaklda tuziladi. Notarial tasdiqlashda YHXB organining ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining nizomiga muvofiq, yana qo‘shimcha kerak:

- pasport;

- transpor vositasidan foydalanadigan shaxsning haydovchilik guvohnomasi (milliy va xalqaro namunadagi);

- tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqidagi ma’lumotnoma (ijaraga beruvchining istagiga ko‘ra);

- garov depoziti to‘langani haqidagi hujjat (ijaraga beruvchining istagiga ko‘ra);

Shartnoma shartlari ijaraga beruvchining huquqlarini himoya qilishni va bahsli vaziyatlar yuzaga kelganda yoxud shartnoma shartlari buzilishi xavfi yuqori bo‘lganda qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkinligini nazarda tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech